Yo'l harakati qoidalari Jonli sahnalar bilan

29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, transport vositalarini yoʻlga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini oʻrnatish boʻyicha majburiyatlari

13 band · 36 sahna

Yoʻl harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining texnik holati va jihozlari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Transport vositalarini DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazish hamda egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.

Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart.

29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, transport vositalarini yoʻlga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini oʻrnatish boʻyicha majburiyatlari: barcha bandlar