2-ilova. Yoʻl chiziqlari
42 ta sahna
- 1.1 chiziq: qarama-qarshi oqimlarni ajratadi
- 1.1 chiziq qatnov qismi chetida
- 1.2 chiziq: avtomagistral chetida
- 1.3 chiziq: toʻrt polosali yoʻlda
- 1.4 chiziq: toʻxtash taqiqlangan
- 1.5 chiziq: uzuq chiziq
- 1.6 chiziq: oldinda sidirgʻa chiziq
- 1.10 chiziq: toʻxtab turish taqiqlangan
- 1.11 chiziq: ikki tomonlama chiziq
- 1.12 toʻxtash chizigʻi
- 1.13 chiziq: yoʻl berish chizigʻi
- 1.14.1 chiziq: piyodalar oʻtish joyi
- 1.17 chiziq: avtobus bekati
- 1.18 chiziq: yoʻnalish oʻqlari
- 1.32 chiziq: tirbandlikda chorrahaga kirmaslik
- 1.7 chiziq: chorrahadagi polosalar
- 1.9 chiziq: reversiv harakat
- 1.23 chiziq: yoʻnalishli transport polosasi
- 1.31 chiziq: shovqin chiziqlari
- 1.14.4 chiziq: maktab oldidagi oʻtish joyi
- 1.29.1 chiziq: baland piyodalar oʻtish joyi
- 1.24 chiziq: nogironlar uchun toʻxtab turish joyi
- 1.8 chiziq: sekinlashish boʻlagi
- 1.19 chiziq: harakatlanish tasmasi tugaydi
- Chiziq kodlari: 1.1 - 1.3
- Chiziq kodlari: 1.4 - 1.6
- Chiziq kodlari: 1.7 - 1.9
- Chiziq kodlari: 1.10 - 1.12
- Chiziq kodlari: 1.13 - 1.14.2
- Chiziq kodlari: 1.14.3 - 1.15
- Chiziq kodlari: 1.16.1 - 1.16.3
- Chiziq kodlari: 1.17 - 1.18
- Chiziq kodlari: 1.18
- Chiziq kodlari: 1.19 - 1.20
- Chiziq kodlari: 1.21 - 1.23
- Chiziq kodlari: 1.24 - 1.26
- Chiziq kodlari: 1.27 - 1.29
- Chiziq kodlari: 1.29.1 - 1.29.3
- Chiziq kodlari: 1.30 - 1.32
- Chiziq kodlari: 2.1
- Chiziq kodlari: 2.2 - 2.4
- Chiziq kodlari: 2.5 - 2.7
1. Yotiq chiziqlar
Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, yoʻnaltirgichlar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibi va aniq rejimini belgilaydi.
Yoʻl chiziqlari doimiy yoki vaqtincha boʻlishi mumkin.
Yoʻl chiziqlarini koʻrish imkoniyati boʻlmasa (qor, loy va boshqalar) ushbu yoʻl qismida mazkur chiziqlar maʼnosiga mos keladigan yoʻl belgilari oʻrnatilishi kerak.
Yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi), shuningdek, 1.24 chizigʻi (2x2 metr oʻlchamdagi koʻk asosda sariq rangda nogironligi boʻlgan shaxsning tasviri tushirilgan boʻladi).
Piyodalar oʻtish joyidagi chiziqlar oq va oq bilan birgalikda boshqa ranglar koʻrinishida qoʻllanilishi mumkin.
1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi;
Sahna1.2 (enli sidirgʻa chiziq) — avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi.
Sahna1.3 — toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;
Sahna1.4 — toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
Sahna1.5 — ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi;
Sahna1.6 (yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;
Sahna1.7 (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi;
Sahna1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va boshqalar);
Sahna1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi;
Sahna1.10 — toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
Sahna1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
Sahna1.12 (toʻxtash chizigʻi) — 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻxtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi;
Sahna1.13 — kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻxtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi;
Sahna1.14.1 — (oq rangli “zebra”) — piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.
Sahna1.14.2 — (oq-sariq rangli “zebra”) — piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;
Sahna1.14.3 — yotiq chiziqning yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi;
Sahna1.14.4 — oq-qizil rangli yoʻl chizigʻi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oldida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;
Sahna1.15 — yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi;
Sahna1.16.1 — 1.16.3 — transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi;
Sahna1.17 — yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi;
Sahna1.18 — chorrahada tasmalar boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi;
Sahna1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin;
Sahna1.20 — haydovchini 1.13 chizigʻiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;
Sahna1.21 (“STOP” — Toʻxtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;
Sahna1.22 — yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi;
Sahna1.23 — yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
Sahna1.24 — nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun toʻxtab turish joyi;
Sahna1.25 — piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun moʻljallangan qismini bildiradi;
Sahna1.26 — velosiped yoʻlkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan tasmani bildiradi;
Sahna1.27 — ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi;
Sahna1.28 — taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizigʻi;
Sahna1.29 — sunʼiy yoʻl notekisligini bildiradi;
Sahna1.29.1-sunʼiy notekislik (baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi);
Sahna1.29.2-sunʼiy notekislik (avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi);
Sahna1.29.3-avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi piyodalar oʻtish joyi
Sahna1.30 — Maktablarga yaqin yoʻlning qatnov qismidan maktab oʻquvchilarning chiqib qolish ehtimolini inobatga olgan holda maktablar joylashgan hududlar oldida chiziladi;
Sahna1.31 — Aholi punktlaridan tashqarida yoʻllarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan “Shovqin chiziqlari”dan foydalanilishi mumkin;
Sahna1.32 — qatnov qismi kesishmasi hududiga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirish, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi;
Sahna1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizigʻidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.
Vaqtincha yoʻl chiziqlarining va doimiy yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha yoʻl chiziqlariga amal qilishlari kerak.
2. Tik chiziqlar
Tik chiziqlar — yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl-yoʻl, oq-qora (sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tugʻdiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi;
2.2 — tunnellar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
Sahna2.3 — ajratish mintaqalaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
Sahna2.4 — yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
Sahna2.5 — yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi;
Sahna2.6 — boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi;
Sahna2.7 — xavfli joylardagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.
SahnaSahnalar (42)
1.1 chiziq: qarama-qarshi oqimlarni ajratadi
1-sahna, jami 42 ta14 s- 1.1 sidirgʻa chiziq qarama-qarshi yoʻnalishdagi oqimlarni ajratadi.
- A sekin yuk mashinasi ortida: sidirgʻa chiziqni bosib oʻtish taqiqlanadi.
- B qarshi tomondan oʻtadi. A oʻz yarmida qoladi.
1.1 chiziq qatnov qismi chetida
2-sahna, jami 42 ta14 s- Qatnov qismi chetidagi 1.1 chizigʻi faqat yoʻl chegarasini bildiradi.
- A hovliga burilmoqda va oʻng chetdagi 1.1 chizigʻini kesib oʻtadi.
- Bu mumkin. Markazdagi 1.1 chiziqni esa bosib oʻtish mumkin emas.
1.2 chiziq: avtomagistral chetida
3-sahna, jami 42 ta14 s- Avtomagistralda 1.2 enli sidirgʻa chiziq qatnov qismining chetini bildiradi.
- A nosoz: avariya ishorasini yoqib, oʻng chetga burilib chiziqni kesadi.
- Bunday enli chiziqni istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
1.3 chiziq: toʻrt polosali yoʻlda
4-sahna, jami 42 ta14 s- 1.3 ikkita sidirgʻa chiziq: toʻrt va undan koʻp polosali yoʻlda oqimlarni ajratadi.
- Bu chiziqni bosib oʻtish, undan qayrilish yoki chapga burilish taqiqlanadi.
- Har bir yoʻnalish oʻz polosalarida yuradi, A va B bir yoʻnalishda.
1.4 chiziq: toʻxtash taqiqlangan
5-sahna, jami 42 ta16 s- 1.4 sariq sidirgʻa chiziq toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi, 3.27 belgisi bilan ham qoʻllanadi.
- Yoʻlovchi chiziq yonida turibdi, B esa bu yerda toʻxtay olmaydi va yoʻlida davom etadi.
- Chiziq tugagach B toʻxtaydi, yoʻlovchi yurib kelib oʻtiradi va B yoʻlga chiqadi.
1.5 chiziq: uzuq chiziq
6-sahna, jami 42 ta13 s- 1.5 uzuq chiziq yoʻnalishlar oʻrtasini va bir yoʻnalishdagi polosalarni ajratadi.
- A sekin yuk mashinasini quvib oʻtish uchun uzuq chiziqni kesib chap polosaga oʻtadi.
- Quvib oʻtgach, A oʻng polosaga qaytadi. Uzuq chiziqni bosib oʻtish mumkin.
1.6 chiziq: oldinda sidirgʻa chiziq
7-sahna, jami 42 ta13 s- A sekin yuk mashinasini uzuq 1.5 chizigʻi joyida quvib oʻtadi.
- Uzun shtrixli 1.6 chizigʻi: oldinda sidirgʻa 1.1 chizigʻi boshlanadi.
- A sidirgʻa chiziq boshlanmasdan oʻz polosasiga qaytib ulguradi.
1.10 chiziq: toʻxtab turish taqiqlangan
8-sahna, jami 42 ta14 s- 1.10 sariq uzuq chiziq toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi (3.28 bilan ham).
- A yoʻlovchini tushirish uchun qisqa toʻxtaydi: bu mumkin.
- Toʻxtab turish, yaʼni 10 daqiqadan koʻp turish, bu chiziq boʻylab taqiqlangan. B oʻtib ketadi.
1.11 chiziq: ikki tomonlama chiziq
9-sahna, jami 42 ta14 s- 1.11 chizigʻi: A uzuq chiziq tomonda, shuning uchun yuk mashinasini quvib oʻtadi.
- B esa sidirgʻa chiziq tomonda: u yuk mashinasi ortida qoladi.
- Sidirgʻa chiziqni faqat quvib oʻtishni tugatayotganda kesish mumkin.
1.12 toʻxtash chizigʻi
10-sahna, jami 42 ta14.4 s- A STOP belgisi oldida: toʻxtash chizigʻi (1.12) qayerda toʻxtashni koʻrsatadi.
- A chiziq oldida toʻliq toʻxtaydi, chunki koʻndalang yoʻlda B kelmoqda.
- B oʻtib ketgach, A chorrahadan oʻtadi.
1.13 chiziq: yoʻl berish chizigʻi
11-sahna, jami 42 ta15 s- “Yoʻl bering” belgisi va 1.13 chizigʻi: A kesib oʻtilayotgan asosiy yoʻlga yoʻl beradi.
- Uchburchaklar uchi A tomonga qaragan: toʻxtash kerak boʻlsa, shu chiziq oldida toʻxtaydi.
- B asosiy yoʻldan oʻtib ketdi, A yoʻl boʻshagach davom etadi.
1.14.1 chiziq: piyodalar oʻtish joyi
12-sahna, jami 42 ta14 s- Oq chiziqlar (1.14.1) piyodalar oʻtish joyini belgilaydi, yonida mos belgi turadi.
- A yaqinlashganda piyoda yoʻlga chiqadi, A chiziq oldida toʻxtaydi.
- Piyoda oʻtib boʻlgach, A davom etadi.
1.17 chiziq: avtobus bekati
13-sahna, jami 42 ta15 s- 1.17 sariq zigzag chiziq yoʻnalishli transport bekatini bildiradi.
- Avtobus A zigzag chiziq ichida toʻxtaydi, yoʻlovchi chiqib oʻtiradi.
- Boshqa transport (B) bekat joyida toʻxtamasdan oʻtib ketadi.
1.18 chiziq: yoʻnalish oʻqlari
14-sahna, jami 42 ta12 s- Polosadagi 1.18 oʻqlari shu polosadan qayerga yurish mumkinligini koʻrsatadi.
- Tashqi polosada toʻgʻriga yoki oʻngga, chap polosada faqat chapga yuriladi.
- A toʻgʻri ketadi, B chapga buriladi: har biri oʻz oʻqi boʻyicha.
1.32 chiziq: tirbandlikda chorrahaga kirmaslik
15-sahna, jami 42 ta16 s- 1.32 chiziqlari chorraha hududini koʻrsatadi. Chorrahadan keyin tirbandlik turibdi.
- A yashil chiroqda ham chorrahaga kirmaydi: chiqib ketolmay, koʻndalang yoʻlni toʻsib qoʻyadi.
- Tirbandlik tarqaldi: A chorrahadan oʻtadi.
1.7 chiziq: chorrahadagi polosalar
16-sahna, jami 42 ta12 s- Chorraha ichidagi qisqa uzuq 1.7 chiziqlari harakat polosalarini koʻrsatadi.
- A va B chorrahadan oʻz polosalarida toʻgʻri oʻtadi.
- Qarshi tomondan C oʻz polosasida keladi: hech kim chiziqdan chiqmaydi.
1.9 chiziq: reversiv harakat
17-sahna, jami 42 ta13 s- Reversiv svetofor yonib turibdi: oʻrta polosa A yoʻnalishi uchun ochiq.
- Svetofor oʻchdi: A darhol 1.9 chizigʻidan oʻngga, oʻz polosasiga qayta tiziladi.
- Endi oʻrta polosa yopiq: 1.9 chizigʻini bosib oʻtish chegaralangan.
1.23 chiziq: yoʻnalishli transport polosasi
18-sahna, jami 42 ta13 s- 1.23 yozuvi oʻng polosani faqat yoʻnalishli transport uchun ajratadi.
- Avtobus A shu polosada yuradi. B oddiy mashina: u bu polosaga kirmaydi.
- B chap polosada qoladi, avtobus esa toʻsiqsiz oʻtadi.
1.31 chiziq: shovqin chiziqlari
19-sahna, jami 42 ta15 s- Piyodalar oʻtish joyi oldiga koʻndalang shovqin chiziqlari chiziladi.
- A ularning ustidan oʻtganda mashina titraydi va shovqin chiqadi: haydovchi hushyor boʻladi.
- A sekinlashadi, piyodani oʻtkazadi va keyin davom etadi.
1.14.4 chiziq: maktab oldidagi oʻtish joyi
20-sahna, jami 42 ta16 s- Maktab oldida piyodalar oʻtish joyi oq-qizil chiziqlar (1.14.4) bilan belgilanadi.
- Bolalar yoʻlga chiqishi mumkin: 1.21 belgisini koʻrgan A toʻxtaydi.
- 1.30 chizigʻi ham maktab oldidagi hududni bildiradi. Bolalar oʻtgach A davom etadi.
1.29.1 chiziq: baland piyodalar oʻtish joyi
21-sahna, jami 42 ta16 s- 1.29.1: yoʻl sathidan baland piyodalar oʻtish joyi, sunʼiy notekislik.
- 5.48 belgisini koʻrgan A tezligini kamaytiradi.
- Piyoda oʻtadi, A toʻxtab kutadi va keyin davom etadi.
1.24 chiziq: nogironlar uchun toʻxtab turish joyi
22-sahna, jami 42 ta14 s- 1.24: nogironligi boʻlgan shaxslar avtomobili uchun toʻxtab turish joyi.
- A da nogironlik belgisi bor: u shu joyga toʻxtab turadi.
- B oddiy mashina: bu joyda toʻxtab turmaydi, yoʻlida davom etadi.
1.8 chiziq: sekinlashish boʻlagi
23-sahna, jami 42 ta13 s- 1.8 enli uzuq chiziq sekinlashish boʻlagini asosiy boʻlakdan ajratadi.
- A burilishdan oldin chiziqni kesib sekinlashish boʻlagiga oʻtadi va tezligini kamaytiradi.
- Asosiy boʻlakda B tezligini kamaytirmay oʻtib ketadi.
1.19 chiziq: harakatlanish tasmasi tugaydi
24-sahna, jami 42 ta14 s- 1.19 chizigʻi: harakatlanish tasmalari soni kamaygan joy yaqin, yoʻl torayadi.
- A oʻng polosada: oʻqlar uni chapdagi polosaga qayta tizilishga tayyorlaydi.
- Oʻng polosa orolchada tugaydi, shuning uchun A chapga oʻtib davom etadi.
Chiziq kodlari: 1.1 - 1.3
25-sahna, jami 42 ta10 s- Yaxlit chiziqlar: 1.1 va 1.3 oqimlarni ajratadi, 1.2 avtomagistral chetini bildiradi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.4 - 1.6
26-sahna, jami 42 ta10 s- 1.4 toʻxtashni taqiqlaydi, 1.5 oqimlarni ajratadi, 1.6 yaqinlashishdan ogohlantiradi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.7 - 1.9
27-sahna, jami 42 ta10 s- Chorrahadagi tasmalar, sekinlashish boʻlagi chegarasi va reversiv harakat boʻlaklari.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.10 - 1.12
28-sahna, jami 42 ta10 s- 1.10 toʻxtab turishni taqiqlaydi, 1.11 bir tomondan qayta tizilishga ruxsat beradi, 1.12 toʻxtash joyi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.13 - 1.14.2
29-sahna, jami 42 ta10 s- Yoʻl berish chizigʻi va piyodalar oʻtish joyining oq hamda oq-sariq turlari.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.14.3 - 1.15
30-sahna, jami 42 ta10 s- Piyoda yoʻnaltirgichlari, maktab oldidagi oq-qizil oʻtish joyi, velosiped yoʻlkasi kesishuvi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.16.1 - 1.16.3
31-sahna, jami 42 ta10 s- Yoʻnaltiruvchi orolchalar: oqimlar ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylar.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.17 - 1.18
32-sahna, jami 42 ta10 s- Yoʻnalishli transport bekati va tasma boʻyicha harakat yoʻnalishi oʻqlari.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.18
33-sahna, jami 42 ta10 s- Tasma oʻqlarining boshqa turlari: oʻngga, toʻgʻriga yoki chapga, toʻgʻriga yoki oʻngga.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.19 - 1.20
34-sahna, jami 42 ta10 s- Yoʻl torayishi haqida ogohlantiruvchi oʻq va 1.13 ga yaqinlashishdan ogohlantirish.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.21 - 1.23
35-sahna, jami 42 ta10 s- Yozuvlar: STOP, yoʻl raqami va yoʻnalishli transport boʻlagi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.24 - 1.26
36-sahna, jami 42 ta10 s- Nogironlar uchun joy, piyodalar yoʻlkasi va velosiped yoʻlkasi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.27 - 1.29
37-sahna, jami 42 ta10 s- Belgilarni takrorlovchi chiziqlar va sunʼiy yoʻl notekisligi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.29.1 - 1.29.3
38-sahna, jami 42 ta10 s- Baland va “3D” koʻrinishdagi piyodalar oʻtish joylari.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 1.30 - 1.32
39-sahna, jami 42 ta10 s- Maktab yozuvi, shovqin chiziqlari va chorraha hududi.
- Yoʻl chiziqlari harakatlanish tartibini va aniq rejimini belgilaydi.
Chiziq kodlari: 2.1
40-sahna, jami 42 ta10 s- Tik chiziqlar: yoʻl inshootlarining tik elementlari, qiyshiq va burchakli yoʻl-yoʻl.
- Tik chiziqlar oʻlchamni koʻz bilan chamalashga yordam beradi.
Chiziq kodlari: 2.2 - 2.4
41-sahna, jami 42 ta10 s- Tunnel peshtoqi, dumaloq ustunlar va yoʻnaltiruvchi ustunlar.
- Tik chiziqlar oʻlchamni koʻz bilan chamalashga yordam beradi.
Chiziq kodlari: 2.5 - 2.7
42-sahna, jami 42 ta10 s- Toʻsiqlarning yon yuzalari va bordyur.
- Tik chiziqlar oʻlchamni koʻz bilan chamalashga yordam beradi.