Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
Turar joy dahasida piyodalar
14 s- Turar joy dahasida piyoda qatnov qismidan ham yura oladi.
- Piyoda imtiyozli: A uning orqasida toʻxtab, yoʻl berishini kutadi.
- Piyoda asossiz xalaqit bermaydi: chetga chiqdi, A davom etadi.