Haydovchi qatnov qismida majburiy toʻxtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻngroqda) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.
Avtomagistralda majburiy toʻxtash
19 s- A avtomagistralda toʻxtashga majbur boʻldi va avariya chiroqlarini yoqdi.
- U mashinani qatnov qismi chetidagi chiziqdan oʻngroqdagi tasmaga olib chiqadi.
- Haydovchi mashinadan kamida 30 metr orqaga avariya sababli toʻxtash belgisini qoʻyadi.