Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
Ikkinchi darajali yoʻldan chorrahaga chiqish
15 s- A ikkinchi darajali yoʻlda, oldida “Yoʻl bering” belgisi. B asosiy yoʻldan kelmoqda.
- A kutadi: asosiy yoʻldagilarga yoʻnalishidan qatʼiy nazar yoʻl beriladi.
- B ham, C ham oʻtdi. Yoʻl boʻshadi, A yoʻlga chiqadi.
- Ikkinchi darajali yoʻldagi haydovchi asosiy yoʻldagilarga yoʻl beradi.
Ikkinchi darajali yoʻldan chapga burilish
15 s- A ikkinchi darajali yoʻlda, oldida “Yoʻl bering” belgisi. U chapga burilmoqchi.
- Asosiy yoʻlda C va B ikki tomondan keladi: A ularga yoʻnalishidan qatʼiy nazar yoʻl beradi.
- C va B oʻtdi: yoʻl boʻshadi, A chapga buriladi.
- A chapga burilib, yoʻlida davom etadi.
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
Asosiy yoʻlda tramvay oldin oʻtadi
15.2 s- Ikkalasi asosiy yoʻlda: tramvay chapga buriladi, A esa qarshidan toʻgʻri keladi.
- A toʻgʻriga ketayotgan boʻlsa ham kutadi: tramvay yoʻnalishidan qatʼi nazar oldin oʻtadi.
- Tramvay oʻtdi: A yoʻlini davom ettiradi.